platina.uz
Jamiyat

Mushukni tiriklay yoqqanlarga qoʻllangan jarima bekor qilindi

Mahalliy organlar holatni yetarlicha malakalay olmagani sababli bu uchovlon jarima bilan qutulib qolgandi.

Mushukni tiriklay yoqqanlarga qoʻllangan jarima bekor qilindi

Fargʻonada mushukni tirik holatda yoqib yuborgan shaxslarga qoʻllanilgan BHMning 3 baravari miqdoridagi jarima jazosi Quvasoy shahar prokurorining protesti bilan bekor qilingan.

Bir necha kun oldin 3 fuqaro mushukni qafasga qamab, uni yonilgʻi sepib, tiriklay yoqishgan va oʻlishini tomosha qilib turishgan. Kamiga bu holatni videoga olib, internetga joylagan.

Ammo mahalliy organlar holatni yetarlicha malakalay olmagani sababli bu uchovlon jarima bilan qutulib qolgandi.

Hozir huquqbuzarlarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 111-moddasi 2-qismi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish) va 189-1-moddasi (Tazyiqni, zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish) bilan rasmiylashtirilgan maʼmuriy bayonnoma mazmunan koʻrib chiqishlik uchun sudga yuborilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid