platina.uz

Bugun Oʻzbekiston uchun tarixiy kun

Platina.uz 20 iyun bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Jamiyat
20-iyun 2023 yil
Bugun Oʻzbekiston uchun tarixiy kun

Platina.uz 20 iyun bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Butunjahon qochqinlar kuni – Qochqinlarning huquqlari 1951 yilda qabul qilingan Qochqinlar maqomi toʻgʻrisidagi konvensiyada belgilangan.

Qochqinlarning koʻp qismi Afrikada boʻlgani uchun ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida BMT Bosh Assambleyasi 2000 yil 4 dekabrda maxsus rezolyutsiyani qabul qildi.

BMT Bosh kotibi 2006 yildagi Qochqinlar kuni munosabati bilan qilgan murojaatida dunyoda qochqinlar soni 1980 yildan beri eng past darajada ekanini qayd etadi. BMT yuz minglab odamlarga ixtiyoriy ravishda qaytishda yordam berdi. Vaholanki, qochqinlarning yarmidan koʻpi besh yildan ortiq surgunda.

Har yili Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar boʻyicha Oliy komissarligi boshqarmasi Butunjahon qochqinlar kunida beriladigan Nansen mukofoti gʻolibini aniqlaydi.

Hayvonot bogʻlarida fillarni himoya qilish xalqaro kuni.

Xalqaro nistagmga qarshi kurash kuni. Bu kun Buyuk Britaniyada xayriya tashkiloti sifatida faoliyat yurituvchi Nistagm tarmogʻining tashabbusi bilan tashkil topgan. Tashkilot asosan nistagm boʻyicha tadqiqotlarni moliyalashtiradi va dunyo eʼtiborini shu kasallikka qaratishga yordam beradi.

Maʼlumot uchun, nistagm – koʻz soqqasining beixtiyor ketma-ket (tez-tez va sust) ritmik harakat qilishi kasalligidir. U boshqa xastaliklar yoki kishi kasbi tufayli sodir boʻlishi mumkin. Davolash uchun sabablar bartaraf etilishi shart. Sanani nishonlashdan asosiy maqsad mutaxassislar va shifokorlarning dastlabki bosqichlarida nistagmni aniqlashlari va ogohlikni oshirish uchun turli suhbatlar va seminarlar oʻtkazishdir. Shuningdek, ushbu kasallikdan aziyat chekkan bolalar va boshqa odamlar uchun turli tadqiqot tadbirlari va qoʻllab-quvvatlash dasturlari uchun mablagʻ toʻplash uchun bir qancha boshqa tadbirlar oʻtkaziladi.

Voqealar

  • 1787 yil – Oliver Ellsvort Federal Konvensiyada hukumatni "Amerika Qoʻshma Shtatlari" deb atashni taklif qildi.
  • 1837 yil – 18 yoshida Malika Viktoriya ingliz qirollik taxtiga oʻtirdi.
  • 1840 yil – telegraf patentlangan.
  • 1960 yil – Mali Federatsiyasi Fransiyadan mustaqillikka ega boʻldi (keyinchalik u Mali va Senegalga boʻlingan).
  • 1990 yil – Oʻzbekiston Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan kun. Hujjat Oʻzbekiston Oliy Kengashi tomonidan 1990 yil 20 iyunda eʼlon qilingan edi. Oradan bir yil oʻtib, 1991 yilning 31 avgust kuni u asosida “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida”gi qonun ham qabul qilingan. Oʻzbekiston oʻsha kezlar SSSR tarkibida boʻlib, ushbu hujjatning qabul qilinishida barcha javobgarlikni Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi, Oʻzbekiston SSR prezidenti Islom Karimov respublika rahbari sifatida toʻliq oʻz zimmasiga olgan. Mustaqillik deklaratsiyasida Oʻzbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga ichki va tashqi siyosatga tegishli barcha masalalar, shuningdek, ittifoqdosh respublikalar va boshqa davlatlar bilan munosabatlarni belgilash hamda amalga oshirish alohida qayd etildi. Davlat hokimiyati respublika hududiga kiradigan barcha tarkibiy qismlar ustidan amalga oshirilishi kafolatlandi.
  • Evrika asteroidi kashf qilindi.
  • Germaniya poytaxti Bonndan Berlinga koʻchdi.
  • 1994 yil – Eronda 1994 yilda Imom Rizo ziyoratgohida bomba portlatildi, kamida 25 kishi vafot etdi va 70 dan 300 kishigacha jarohat oldi.

Tavalludlar

  • 1919 yil – xonanda, Oʻzbekiston xalq hofizi Muhammadjon Karimov;
  • 1930 yil – molekulyar biolog va hujayra biologiyasi sohasidagi olim, Oʻzbekiston FA akademigi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, biologiya fanlari doktori, professor Jahongir Hamidov;
  • 1949 yil – xonanda, Oʻzbekiston xalq hofizi Ortiqxoʻja Imomxoʻjayev;
  • 1959 yil – Isteʼdodli noshirlardan biri, “Doʻstlik” ordeni sohibi Shoyim Boʻtayev;
  • 1983 yil – oʻzbek futbolchisi, “Qizilqum” klubi darvozaboni Ignatiy Nesterov;
  • 1987 yil – “Oltinqalam” mukofoti sohibasi, “Yoshlar” telekanalidagi “Osh boʻlsin!” koʻrsatuvining muallifi, taniqli oʻzbek jurnalisti va teleboshlovchisi Gulhida Joʻrayeva;
  • 1990 yil – “Qora niyat” serialidagi Yildiz obrazi tufayli oʻzbek tomoshabinlariga tanish boʻlgan turkiyalik aktrisa Eda Eje;
  • 1998 yil – oʻzbek suzuvchi-paralimpiyachi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Muslima Odilova.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+