Mittivine oʻlimiga sabab boʻlgan klinika litsenziyasi olib qoʻyildi
Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudi bugun yakuniy qarorni chiqardi.
Jamiyat
2-iyun 2023 yil
Bloger Farhod Mannopov vafot etgan “Star med” klinikasi (“Omad plyus” MChJ)ga berilgan litsenziya sudning hal qiluv qarori bilan bekor qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining 2023 yil 2 iyundagi hal qiluv qaroriga koʻra, “Omad plyus” masʼuliyati cheklangan jamiyati litsenziyasi bekor qilindi.
Shu yilning mart oyida Farhod Mannonov boshi va burnidan olgan jarohati sabab shu klinikada operatsiya boʻlgandi. Natijada 5 mart kuni “Mittivine” taxallusi bilan tanilgan bloger 27 yoshida vafot etgan edi. Keyinchalik holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan edi.