Tojmahalga tamal toshi qoʻyilgan kun
Platina.uz 17 iyun bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Platina.uz 17 iyun bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.
Butunjahon choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurash kuni. Bayramga 1994 yilda BMT tomonidan asos solingan edi. Sana tasodifan tanlanmagan. 1994 yil 17 iyunda “Qattiq qurgʻoqchilikni boshdan kechirayotgan va yoki choʻlga aylanib borayotgan mamlakatlarda, ayniqsa, Afrikada choʻllanishga qarshi kurash toʻgʻrisida BMT konvensiyasi” qabul qilingan. Shartnoma BMTga aʼzo barcha davlatlar tomonidan imzolangan. Oʻzbekistonda 2017yildan buyon CADI — “Markaziy Osiyodagi choʻllar boʻyicha tashabbus” loyihasi amalga oshirilib kelmoqda. Ushbu loyiha Birlashgan Millatlar oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) tomonidan amalga oshirilib, Germaniya hukumati tomonidan moliyalashtirilmoqda.
Butunjahon chiqindi tashuvchilar kuni. Bayramga amerikalik biznesmen va axlatni utilizatsiya qilish va buzishga ixtisoslashgan kompaniya direktori Jon Arvud tomonidan 2011 yilda asos solingan. U bolaligida otasi bilan birga shisha va umumiy chiqindilarni yigʻib qayta ishlovchi boʻlgan. 1997 yilda Arvud oʻz kompaniyasining veb-saytini ishga tushirdi va uning biznesi barqaror ravishda butun mamlakat boʻylab oʻsdi. Ammo Arvud tez orada axlat tashuvchi xodimlar jamiyat tomonidan qadrlanmasligini tushundi va shu sababli, u 2011 yilda Butunjahon axlatchilar kunini boshladi va uning kompaniyasi atrofdagilar tomonidan hurmat qilinishiga erishdi.
Voqealar
- 1596 yil – Arktika arxipelagi kashf etilgan.
- 1631 yil – Boburiy malikalardan biri Mumtoz Mahal vafot etgan. Uning turmush oʻrtogʻi Shoh Jahon I keyingi 17 yilni u uchun Toj Mahal maqbarasini qurishga sarflaydi.
- 1718 yil – ingliz ixtirochisi Jeyms Pakl dunyodagi birinchi pulemyotga patent oldi.
- 1814 yil – Norvegiyada birinchi konstitutsiya qabul qilindi.
- 1866 yil – Avstriya Prussiyaga urush eʼlon qildi.
- 1885yil – fransuz xalqining AQShga sovgʻasi – “Ozodlik” haykali "Isere" paroxodida Nyu-Yorkka olib kelindi.
- 1928 yil – Amsterdam shahrida Olimpiya oʻyinlariga start berildi.
- 1940yil – “Lankastriya” kemasi 4000 nafar yoʻlovchilari bilan choʻktirib yuborildi.
- 1942 yil— Bekobodda metallurgiya zavodini qurish haqida qaror qabul qilingan. Zavod qurilishiga 30 mingdan ortiq kishi jalb etilib, 1944 yil 5 martda Oʻzbekistonning birinchi metallurgiya zavodi ishga tushirildi. 1945 yil fevralda esa Bekobod metallurgiya zavodining ikkinchi navbati ham mahsulot bera boshladi.
- 1944 yil – referendum natijasida Daniya-Islandiya ittifoqi tugatilgan, Islandiya oʻz mustaqilligini eʼlon qilgan.
- 1950 yil — Chikagodagi jarroh Richard Loyler dunyodagi birinchi buyrak transplantatsiyasini 45 daqiqada amalga oshirgan.
- 1953 yil – GDR hukumatiga qarshi namoyishlar boʻldi.
- 1967 yil — XXRda vodorod bombasining birinchi sinovlari boʻlib oʻtgan.
- 1996 yil – Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni eʼlon qilindi.
- 2004 yil – Toshkentda ShHTga aʼzo mamlakatlar sammiti boʻlib oʻtgan.Unda ikki asosiy masala – xavfsizlik va savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha muzokaralar boʻldi. Butun dunyoda terrorchilik kuchaygani, yadroviy, kimyoviy, biologik, elektron terrorchilikni moliyalashtiradigan markazlarga qarshi keskin kurash olib borish zarurligi taʼkidlandi.
- 2006 yil – Saudiya Arabistoni hamda Quvayt davlatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning "Oʻzbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram boʻlmaydi" asarining arab tilidagi nashri taqdimoti boʻlib oʻtdi.
- 2019 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2019–2023 yillarda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida talab yuqori boʻlgan malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
- 2020 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti filialini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Tavalludlar
- 1928 yil – onkolog-radiolog olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi Narimon Murodxoʻjayev tavallud topdi. Uning asosiy ilmiy ishlari radiologiya, ichki aʼzolardagi xavfli oʻsmalarni radioaktiv moddalar yordamida aniqlash va davolash, shuningdek, nur bilan davolashga oid. U 1998 yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan.
- 1946 yil –rang-tasvir ustasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, Oʻzbekiston xalq rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Javlon Umarbekov tavallud topdi. Uning ijodi serqirra, mavzuga boyligi, uslubiy rang-barangligi bilan diqqatga sazovor. U 2002 yilda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Oltin medali bilan mukofotlangan.
- 1972 yil – oʻzbek biologi va siyosatchisi Erkin Salixov;
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasida darvozabonlari murabbiyi Ivankov Denis;
- 1974 yil – Oʻzbekiston ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduhakimov;
- 1975 yil – “Muhtasham yuz yil” serialidagi Sumbul ogʻa roli bilan tanilgan turk aktyori Selim Bayraktar;
- 1985 yil – turk qoʻshiqchisi, aktrisasi Ayshegul Coshkun;
- 1996 yil – 100 kgdan ortiq vazn toifasida oʻzbek dzyudochisi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, 2018 yilgi Yozgi Osiyo oʻyinlari sovrindori Bekmurod Oltiboyev;
- 2002 yil – oʻzbek professional bokschisi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, Oʻzbekiston chempioni, yoshlar oʻrtasida Osiyo chempioni Shohjahon Abdullayev;
- 2010 yil – portugaliyalik dunyoga mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning oʻgʻli, futbolchi Kichik Krishtianu Ronaldu tavallud topgan.