platina.uz
Siyosat

Prezident Eronga boradi

Tashrif doirasida ikki mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi koʻzda tutilgan.

Prezident Eronga boradi

Shavkat Mirziyoyev ertaga, 18 iyun kuni rasmiy tashrif Eronga boradi. Bu haqda avvalroq xabar bergandik.

Tehron shahrida Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va Oliy diniy rahbari Oyatulloh Sayid Ali Xomaneiy bilan uchrashuvlar oʻtkaziladi.

Muzokaralarda Oʻzbekiston bilan Eron oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni hamda ustuvor yoʻnalishlardagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqiladi. Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan fikr almashiladi.

Tashrif doirasida ikki mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi koʻzda tutilgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid