Uzoq kutilgan gaz shartnomasi imzolandi

Bu uch tomonlama gaz ittifoqi yarim yil deganda nihoyat imzolangan. Hozircha narxlar va shartlar ochiqlanmayapti.

Iqtisod
16-iyun 2023 yil
Uzoq kutilgan gaz shartnomasi imzolandi

Bugun Sankt-Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumida Rossiya gazini Oʻzbekistonga yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolangan.

Hujjatni Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Jamshid Xoʻjayev ishtirokida Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov va “Gazprom” rahbari Aleksey Miller imzolagan.

Shuningdek, respublika gaz uzatish tizimini Rossiya gazini qabul qilishga tayyorlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” qabul qilinib, tasdiqlangan.

Rossiya gazini Oʻzbekistonga Qozogʻiston hududi orqali eksport qilish 2023 yilning toʻrtinchi choragidan boshlanadi.

Bu uch tomonlama gaz ittifoqi yarim yil deganda nihoyat imzolangan. Hozircha narxlar va shartlar ochiqlanmayapti.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+