Tamaki butunlay taqiqlangan yagona davlat
Platina.uz 16 iyun bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Platina.uz 16 iyun bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.
Xalqaro oilaviy pul oʻtkazmalari kuni. BMT tomonidan qabul qilingan va butun dunyoda tan olingan ushbu bayram har yili 200 milliondan ortiq muhojirning oʻz oila aʼzolarining hayotini yaxshilashga qoʻshgan hissasini eʼtirof etish maqsadida nishonlanadi. Qolaversa, individual pul oʻtkazmalari nisbatan kichik qiymatga ega boʻlishi mumkin, lekin rivojlanayotgan dunyo uchun juda muhimdir. Ushbu pul oʻtkazmalari ularning uy xoʻjaligini boshqaradi, bolalarni maktabga yuboradi va sogʻliqni saqlash tizimiga sarflanadi. Xalqaro oilaviy pul oʻtkazmalari kuni butun dunyoda eʼtirof etilgan va xavfsiz, tartibli hamda muntazam migratsiya toʻgʻrisidagi global kelishuvning asosiy tashabbusi boʻlib, soʻnggi yigirma yil ichida pul oʻtkazmalari oqimi besh baravarga koʻpaydi.
Afrikalik bolalarni himoya qilish xalqaro kuni. Bayram tarixi 1971 yilda Sosheto shaharchasidagi 20 mingdan ortiq janubiy afrikalik talabalar oʻz tillarida oʻqitishni talab qilib, koʻchalarga chiqishgan kun bilan bogʻliq. Oʻshanda politsiya yuzlab namoyishchilarni oʻldirgan edi. Dastlab bu bayram Janubiy Afrikada yoshlar kuni deb atalgan, biroq hozir butun dunyoda Xalqaro Afrika bolalari kuni sifatida tan olingan. Bu kun afrikalik bolalarning sifatli taʼlim olishlari uchun duch keladigan toʻsiqlarga eʼtibor qaratib, kurashib keladi.
Xalqaro sharsharalar kuni. Bu kun har yili ajoyib goʻzalliklarni olqishlash uchun nishonlanadi. Sharsharalar butun dunyo aholisi uchun juda muhimdir. Garchi Aleksandr fon Gumboldt ular haqida 1820 yillarda yozgan boʻlsa-da, ammo tan olish kerak, sharsharalar hali toʻliq oʻrganilmagan. Tadqiqotchilar esa shunchaki ularga nom beraverishgan xolos. Ayniqsa, yevropaliklarning sharsharalarni nomlash tendensiyasi oʻsha paytda odamlarning tabiatga boʻlgan ilmiy eʼtibori ortishi, romantizmning kuchayishi va sanoat inqilobi tufayli gidroenergetikaning ahamiyati oshishi bilan bogʻliq. Biroq yevropalik tadqiqotchilar koʻpincha mahalliy xalqlar tomonidan berilgan nomlarni eʼtiborsiz qoldirishar va boshqa nom qoʻyishardi. Misol uchun, shotlandiyalik shifokor va tadqiqotchi Devid Livingston Viktoriya sharsharasini qirolicha Viktoriya nomi bilan atagan, garchi mahalliy aholi uni Mosi-oa-Tunya deb atashsa-da.
Butunjahon dengiz toshbaqalari kuni. Bu bayram har yili dengiz toshbaqalari ahvoli haqida ogohlikni oshirish va dengiz toshbaqalari hayotini saqlab qolish uchun nishonlanadi. Har yili okeanlarimizga sakkiz tonnaga yaqin plastmassa tashlanishi dengiz toshbaqalari uchun oʻta xavfli, shuning uchun sakkiz dengiz toshbaqasi turidan oltitasi yoʻq boʻlib ketish arafasida. Bundan tashqari, dengiz toshbaqalari uchun boshqa koʻplab tahdidlar mavjud, masalan, plyajlarda qirgʻoq rivojlanishining buzilishi, dengizni ifloslantiruvchi moddalar, baliq ovlash vositalari(toʻr)ga tushib qolish va toshbaqa goʻshtining savdosi.
Voqealar
- 1930 yil – sobiq ittifoqda tugʻuruq taʼtili oʻrnatildi.
- 1943 yil – 54 yoshli Charli Chaplin 18 yoshli Una Unillga uylangan. Ushbu juftlik 30 yillik nikohda sakkiz nafar farzandni tarbiyalab voyaga yetkazishgan.
- 1944 yil – jinsiy zoʻravonlik bilan ayblangan 14 yoshli Jorj Junius Stinni Qoʻshma Shtatlarda qatl etilgan eng yosh odamga aylandi.
- 1963 yil - kosmonavt Valentina Tereshkova kosmosdagi birinchi ayol boʻldi.
- 1964 yil - amerikalik qora tanlilar huquqi himoyachilari yetakchisi Martin Lyuter Kingga Nobel mukofoti berildi.
- 1993 yil – Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat yuridik institutini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
- 2010 yil - Butan tamaki chekishni butunlay taqiqlagan birinchi davlatga aylandi.
- 2015 yil – amerikalik biznesmen Donald Tramp boʻlajak saylovlarda Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidentligiga nomzodini qoʻyish kampaniyasini eʼlon qildi.
- 2019 yil – Gonkongdagi norozilik namoyishlarida 2 000 000 dan ortiq odam qatnashdi, bu Gonkong tarixidagi eng yirik norozilikdir.
Tavalludlar
- 1932 yil – Oʻzbekiston xalq artisti, aktyor va xonanda Jaloliddin Oxunov;
- 1985 yil – Oʻzbekiston yoshlar simfonik orkestri asoschisi, badiiy rahbari va bosh dirijyori hamda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi rektori Kamoliddin Oʻrinboyev;
- 1990 yil – oʻzbek aktyori Yigitali Mamajonov;
- 1991 yil – oʻzbekistonlik professional bokschi Fazliddin Gʻoibnazarov tavallud topgan.