platina.uz
Jamiyat

Toshkentdagi sexda portlash boʻldi

Portlash sexning bir qavatli bostirmasida havo-gaz aralashmasining chaqnashidan yuzaga kelgan.

Toshkentdagi sexda portlash boʻldi

Bugun, 14 iyun kuni soat 09:50 larda Toshkent shahar Chilonzor tumani "Astrobod" koʻchasida joylashgan mis quvurlari ishlab chiqarish sexida portlash yuz bergan.

Rasmiy maʼlumotga koʻra, portlash sexning bir qavatli bostirmasida havo-gaz aralashmasining chaqnashidan yuzaga kelgan. Bu hozircha dastlabki maʼlumot xolos.

Zudlik bilan voqea joyiga FVV rahbariyati boshchiligida yongʻin-qutqaruv ekipajlari, shuningdek, Prokuratura, IIV, MG, SSB, Hududgaz va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borgan. Ayni vaqtda hodisa oqibatlari bartaraf etilmoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, chaqnash oqibatida 6 fuqaro turli darajada tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid