Mirobod tumaniga vaqtincha hokim tayinlandi
Oldingi hokim Shuhrat Poʻlatov “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali bosh direktori lavozimiga tayinlangandi.
Jamiyat
14-iyun 2023 yil

Ashraf Salaydinovga Mirobod tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajarish yuklatilgan.
U ayni paytda Mirobod tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari ham boʻlib ishlaydi.
Eslatib oʻtamiz, oldingi hokim Shuhrat Poʻlatov “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali bosh direktori lavozimiga tayinlangandi.