platina.uz
Jamiyat

Energetika inqirozi: ibtidoiy tuzumdan sivilizatsiyaga oʻtish vaqti keldi

Hozir Toshkentning deyarli barcha hududida chiroq kuniga 8 soatlab oʻchirilmoqda. Viloyatlarda necha soatgacha oʻchishi hatto aytilmayapti ham.

Energetika inqirozi: ibtidoiy tuzumdan sivilizatsiyaga oʻtish vaqti keldi

Chilla kelmasdan turib, energetika inqirozi nafaqat poytaxt Toshkentda, balki butun mamlakatda ham oʻz taʼsirini koʻrsatyapti. Qiziqchi Hojiboy aytganidek, agar hosil zoʻr boʻlsa, yerni chuqurroq haydagan boʻlib chiqishadi. Agar oʻxshamasa, tabiat bosh aybdor.

Ayni paytda kunlar isiy boshlagan, kamiga kuchli shamollar esyapti. Viloyatlarda shamol tufayli chiroqlar oʻchayotgan boʻlsa, Toshkentda shunchaki issiqdan elektr yetkazib berisholmayapti.

Bularning bariga tizimdagi nosozliklar, eski transformatorlar sabab sifatida koʻrsatilgan. Hozir Toshkentning deyarli barcha hududida chiroq kuniga 8 soatlab oʻchirilmoqda. Viloyatlarda necha soatgacha oʻchishi hatto aytilmayapti ham.

Energetika inqiroziga sabab boʻluvchi bir necha omillar bor. Eng birinchisi: transformatorlarning oʻta eskirgani, tizim avtomatlashmaganidir. Juda koʻp joylarda kamida 50 yil oldin qoʻyilgan transformatorlar ishlab turibdi. Bu esa oʻz-oʻzidan kuchli bosimga dosh berolmasligi turgan gap. Buni oddiy odam tushunyapti, Energetika vazirligidagi mutaxassislar anglolmayotgani hayron qolarli.

Ikkinchi sabab bevosita birinchisiga bogʻliq, yaʼni bosim juda katta. Toshkentda koʻp qavatli uylarning qurilishi yaxshi, ammo ularning deyarli hammasi eski tizimga ulab qoʻyilgan. Aslida har bir yangi uy qurilganda oʻziga alohida transformator ham oʻrnatilishi kerak. Viloyatlarda nega chiroq oʻchayotgani hozircha tushunarsiz, aybdor faqat shamol.

Energetika, Qurilish, Uy-joy kommunal xizmat vazirliklari, hokimliklar bu holat boʻyicha aytarli izoh bermayapti.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid