Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni
Platina.uz 12 iyun bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni. Ushbu kun 2002 yil Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) tomonidan rasman bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni deb eʼlon qilingan. Hozir dunyo boʻyicha ishlayotgan bolalar (5-17 yosh) soni 218 millionni tashkil etib, shulardan 152 millioni bugungi koʻrinishdagi quldorlik qurbonlari hisoblanadi, yana 73 millioni esa hayot uchun xavfli boʻlgan mehnat faoliyati bilan shugʻullanmoqda. Bolalar mehnatiga qarshi kurashish boʻyicha soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda sezilarli ishlar amalga oshirildi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Hukumati saʼy-harakatlari bilan Oʻzbekistonda bolalar mehnatiga toʻliq barham berildi
Filippinda Mustaqillik kuni. "Ozodlik kuni" nomi bilan tanilgan bu kun Filippinning 1898 yil 12 iyunda Ispaniyadan mustaqil boʻlganini nishonlaydi. XVI asrning oʻrtalaridan boshlab Filippin Ispaniya imperiyasining bir qismi edi. 1896 yilda mustaqillikka intilayotgan Filippin faollaridan iborat "Katipunan" nomli maxfiy guruh fosh etildi. Bu esa mustaqillik uchun kurashning boshlanishiga olib keldi. Filippinlik ruhoniylar birinchilardan boʻlib Ispaniya hukmronligiga qarshi chiqishdi. Ular Rim-katolik cherkovlarida ispanlar hukmronligidan norozi boʻlishdi, diniy yetakchilar mamlakat mustaqilligi masalasini muhokama qilish uchun xalq ziyolilari bilan uchrashdilar. 1898 yilda Ispaniya-Amerika urushi paytida ispanlar tomonidan mintaqadagi amerikaliklarning manfaatlariga qilingan hujumdan soʻng, AQSh mustaqillik harakatini qoʻllab-quvvatlab, isyonchi yetakchi Emilio Aguinaldoni surgundan qaytarib olib, mahalliy filippinliklarni qoʻllab-quvvatladi. 1898 yil 12 iyunda Aguinaldo Kavit Filippin mustaqilligini eʼlon qilganida, 300 yillik ispan hukmronligi tugatildi.
Voqealar
1920 yil – uzunligi 82 kilometr, eni 51 metr boʻlgan Karib dengizi orqali Atlantika va Tinch okeanini bogʻlab turuvchi Panama kanali ochildi.
1945-yil — Fransiyada urush davrida joriy qilingan matbuotga nisbatan senzura bekor qilindi.
1955 yil - Yakutiyada birinchi yirik olmos koni topildi.
1963 yil - Nyu-Yorkda Elizabet Teylor ishtirokidagi “Kleopatra” filmining premerasi boʻlib oʻtdi.
1967 yil - “Venera-4” raketasi uchirilgan.
1990 yil - Rossiya Federatsiyasi parlamenti oʻz suverenitetini rasman eʼlon qilgan.
1991 yil - 57% ovoz bilan Yelsin RF prezidentiligiga saylangan.
2000 yil - Axmat Qodirov Checheniston Respublikasi maʼmuriyati rahbari etib tayinlandi.
2015 yil - Bokuda (Ozarbayjon) birinchi Yevropa oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
2019 yil - Nigeriya Demokratiya kunini nishonlay boshladi.
2023 yil – Bugun Yerga yirik (diametri 500 metrdan ortiq) potensial xavfli asteroid "1994 XD" yaqinlashadi. Asteroid “1994 XD” 3,1 million kilometr masofadan oʻtadi. Bu Oygacha boʻlgan oʻrtacha masofadan 2 baravar koʻp, – deya xabar bergan Rossiya amaliy matematika instituti.
- 20 yoshlilar oʻrtasidagi Jahon chempionati final oʻyinlari boʻlib oʻtadi. Urugvay va Italiya, Isroil va Janubiy Koreya terma jamoalari bellashadi.
- Oliy sudda Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining 2023 yil 17 martdagi hukmi ustidan 28 nafar sudlanuvchi va ularning himoyachilari tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyatlariga asosan jinoyat ishining ushbu sudlanuvchilarga oid qismini apellyatsiya tartibida koʻrib chiqish yakuni boʻyicha sud qarori eʼlon qilinadi.
Tavalludlar
1924 yil – AQSh ning 41-prezidenti va taniqli siyosatchi Jorj Bush;
1946 yil - taniqli oʻzbek kino va teatr aktyori, Oʻzbekiston xalq artisti rejissyor Yodgor Saʼdiyev;
1957 yil – Oliy Majlis Senati aʼzosi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati“ aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi – bosh direktori Quvondiq Sanaqulov;
1958 yil - oʻzbek suxandoni, shoir, yozuvchi Muslim Yoʻldoshev;
1989 yil – taekvondo boʻyicha Osiyo chempionati va Osiyo oʻyinlari sovrindori Yevgeniya Karimova;
1992 yil – braziliyalik futbolchi Filippe Koutino tavallud topgan.