platina.uz
Jamiyat

Nega 1 iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlanadi?

Shuningdek, bugun Butunjahon ota-onalar kuni ham nishonlamoqda.

Nega 1 iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlanadi?

Platina.uz 1 iyun sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyodagi bolalar duch keladigan muammolarga odamlarning eʼtiborini jalb qilish uchun belgilangan xalqaro kundir.

Bolalarni himoya qilish kuni har yili 1 iyunda nishonlanadi, 1949 yil noyabr oyida Parijda Ayollar Xalqaro Demokratik Federatsiyasi Kongressi qarori bilan tashkil etilgan va birinchi marta 1950 yilda nishonlangan.

Bundan tashqari, Butunjahon bolalarni himoya qilish kuni (20 noyabr), Xalqaro tajovuz qurbonlari boʻlgan begunoh bolalar kuni (4 iyun) va Afrika bolalarini himoya qilish kuni (16 iyun) bolalarga bagʻishlangan.

Xalqaro huquq darajasida asosiy hujjat 1989 yil 20 noyabrda BMT tomonidan qabul qilingan va 1990 yil 13 iyulda ratifikatsiya qilingan Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya hisoblanadi.

Butunjahon ota-onalar kuni – AQSh, Hindiston, Kongo Demokratik Respublikasi va boshqa mamlakatlarda nishonlanadigan bayramdir.

Butunjahon ota-onalar kuni 2013 yildan beri BMT shafeligida har yili 1 iyunda nishonlanadi.

Butunjahon sut kuni — BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) tomonidan sutning global oziq-ovqat sifatidagi ahamiyatini tan olish maqsadida tashkil etilgan kundir.

Ushbu bayram 2001 yildan beri har yili 1 iyunda oʻtkaziladi.

Ushbu kun sut sanoati bilan bogʻliq tadbirlarga eʼtiborni jalb qilish imkoniyatini berish uchun belgilangan.

Voqealar

1831 yil — ingliz tadqiqotchisi Jeyms Ross shimoliy magnit Qutbni ochdi.

1862 yil – Qoʻshma Shtatlarda qullik butunlay taqiqlandi.

1869 yil — Tomas Alva Edison birinchi ovozli elektr registrator ixtirosi uchun patent oldi.

1922 yil — Oltoy viloyati tashkil topdi.

1925 yil — “Kraysler” avtomobil kompaniyasi tashkil topdi.

1935 yil — Angliyada haydovchilik guvohnomasi olish uchun birinchi imtihon boʻlib oʻtdi.

1936 yil – Charli Chaplin va Paulette Goddardning nikohi.

1946 yil – Britaniyada birinchi marta televizor litsenziyalari berilgan. Ular 2 funt sterling turadi.

1948 yil – Buyuk Britaniyada birinchi marta havo pochtasini vertolyotda etkazib berish British European Airways tomonidan amalga oshirila boshlandi.

1963-yil – “Sirdaryo haqiqati” va “Sirdarinskaya pravda” gazetalari chiqa boshlagan. Bugungi kunda “Yangi Sirdaryo” va “Novaya Sыrdarya” nomi bilan faoliyat yurityapti.

1965 yil – yozuvchi Mixail Sholoxov adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.

1980 yil — birinchi uzluksiz informatsion kanal—CNN ish boshladi.

1995 yil – Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov Koreya Respublikasining “DeU” kompaniyalar guruhi raisi Kim U Jung boshchiligidagi guruh aʼzolarini qabul qildi.

2001 yil – Nepal valiahd shahzodasi Dipendra avval butun oilasini va 3 kundan keyin oʻzini otib oʻldirdi. Shu sabab qirol oilasining birorta ham aʼzosi qolmagan.

2001 yil – Tel-Avivdagi (Isroil) “Dolfi” diskotekasi yaqinida sodir etilgan terakt oqibatida 21 kishi halok boʻldi, 120 kishi yaralandi.

2005 yil - Niderlandiya xalqi referendumda Yevropa Konstitutsiyasi loyihasini rad etdi.

2009 yil – Atlantika okeani uzra Air France tarixidagi eng dahshatli samolyot halokati boʻldi. Airbus A330-203 layneri Rio-de-Janeyro-Parij yoʻnalishi boʻyicha havoga koʻtarilganidan 3 soat 45 daqiqa oʻtgach, Atlantika okeaniga qulab tushdi. Samolyot bortidagi barcha 228 kishi - 216 yoʻlovchi va 12 ekipaj aʼzosi halok boʻlgan. Bu Fransiya aviatsiyasi tarixidagi eng katta falokat boʻlib qolmoqda.

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shtatida 1 iyun kuni uch kunlik motam eʼlon qilindi.

Falokat sabablari sifatida pilot quvqurlarining muzlashi, keyinchalik avtopilotning yopilishi va samolyotning toʻxtab qolishiga olib kelgan ekipajning muvofiqlashtirilmagan harakatlari keltirilgan.

Tavalludlar:

1771 yil – italyan kompozitori Ferdinando Payer,

1796 yil – Termodinamika asoschisi, fransuz fizigi Sadi Karno,

1892 yil – Afgʻoniston qiroli (1919-1929), 1919 yilda Buyuk Britaniyadan mustaqilligini eʼlon qilgan Omonullaxon,

1926 yil – amerikalik aktrisa, qoʻshiqchi va model Merilin Monro (asl ismi Norma Jin Mortenson),

1929 yil – taniqli hind aktrisasi Nargis,

1937 yil – Gollivud kinoyulduzi Morgan Frimen,

1948 yil – dirijyor, bastakor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan saʼnat arbobi Qadamboy Rahimov,

1958 yil – 2010-2017 yillar Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari, 2017-2019 yillarda Toshkent viloyati hokimi lavozimida ishlagan Gʻulomjon Ibragimov,

1999 yil – oʻzbek futbolchisi, "Bunyodkor-2" klubi yarim himoyachisi Abbosbek Jumaqulov.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid