platina.uz
Jahon

Meksika boshpana soʻrovchilar boʻyicha dasturni ishga tushiradi

Meksika boshpana soʻrash uchun kelgan muhojirlar boʻyicha maʼlumotlarni qayta ishlash dasturini kelasi haftadan ishga tushirmoqchi.

Meksika boshpana soʻrovchilar boʻyicha dasturni ishga tushiradi

Meksika boshpana izlovchilar soni rekord darajada boʻlgan sharoitda boshpana berish jarayonini tezlashtirish uchun yangi ilovani ishga tushirmoqda. Garchi AQShning xuddi shunga oʻxshash ilovasi nosozliklar va foydalanish qiyinligi uchun qattiq tanqidga uchragan boʻlsa ham, Meksika bu qarorida qatʼiy turibdi.

Meksikaning qochqinlarga yordam berish agentligi (COMAR) rahbari Andres Ramires CNN’ga Mexiko shahrida boshpana soʻrovlarining koʻp qismini boshqarish uchun ilova zarur deb hisoblaganini aytdi.

"Bizga murojaat qiluvchilar koʻpligidan maʼlumotlarni qayta ishlashga ulgura olmayapmiz. Shunchalik koʻp odamlar borki, bardosh bera olmaymiz", dedi Ramires.

Ramiresning soʻzlariga koʻra, oʻz agentligi tarixida birinchi marta, may oyining birinchi 18 kunida, Meksika janubidagi Gvatemala bilan chegaradosh Tapachula shahriga qaraganda, Mexiko shahrida boshpana soʻrovchilar soni koʻproq boʻlgan: Mexiko shahrida 3300, Tapachulada esa 3000 ta ariza topshirildi, dedi Ramires.

Oddiygina "oldindan roʻyxatdan oʻtish tizimi" deb ataladigan yangi ilova odamlarga boshpana soʻrash niyatlarini onlayn tarzda roʻyxatdan oʻtkazish imkonini beradi va qayta ishlash jarayonini tezlashtirishga xizmat qiladi. Ramiresning soʻzlariga koʻra, mazkur ilova kelgusi hafta faqat Mexiko shahrida ishga tushirilishi kutilmoqda, boshqa hududlar esa keyinroq qamrab olinadi.

Ramiresning fikricha, AQSh-Meksika chegarasini kesib oʻtish umidida koʻplab odamlarning Meksikaga oqib kelishi AQShda 42-moddaning bekor qilinishi bilan bogʻliq. Muhojirlarning bu umidlari ham puchga chiqdi. Chunki Bayden maʼmuriyati tomonidan qabul qilingan, boshqa mamlakatlar orqali sayohat qilgan boshpana izlovchilarning koʻpchiligi, agar ular noqonuniy ravishda mamlakatga kirsa, Qoʻshma Shtatlarda boshpana olishlariga toʻsqinlik qiluvchi yangi qoida ishlab chiqdi.

Ramires, shuningdek, Mexiko shahridan boshpana soʻrab murojaat qilgan baʼzi shaxslar hali ham AQSh bojxona va chegara himoyasining SPB One ilovasida uchrashuvni kutishlari mumkinligini aytdi. Bu ilova orqali foydalanuvchilar boshpana soʻrab murojaat qilish uchun kirish punkti orqali qonuniy ravishda kirish uchun uchrashuv belgilatishlari mumkin boʻladi.

Boshpana izlovchilar uchun mobil ilovalar

AQShning SPB One ilovasi immigrantlarni himoya qilish guruhlari tomonidan keskin tanqid qilindi, ular baʼzi muhojirlarda smartfon olish uchun mablagʻ yetishmasligi, ilovadan foydalanish uchun internetga kirish imkoniyati yoʻqligi hamda til va savodxonlik toʻsiqlariga eʼtibor qaratishdi. Guruhlar, shuningdek, ilovaning yuzni aniqlash texnologiyasi qoraygan terini qanday aniqlashi haqida xavotirlar bildirishgan.

AQSh bojxona va chegara qoʻriqlash xizmatining CNN’ga maʼlum qilishicha, SPB One ilovasi rejadagidek ishlagan va 2023 yil yanvar oyida ishga tushirilgandan beri 79 000 dan ortiq shaxslar uchun uchrashuv tayinlangan. SPB One, shuningdek, baʼzi xavotirlarni bartaraf etish uchun shu oy boshida ilovani yangiladi — nafaqat AQSh-Meksika chegarasida, Meksikaning markaziy qismidagi odamlarga ham ariza berishga ruxsat etdi.

Meksikaning boshpana uchun dasturiy taʼminot dasturi ham SPB One ilovasiga oʻxshaydi, chunki odamlar jarayonni oʻz maʼlumotlarini onlayn kiritish orqali boshlaydilar, bu esa maʼlumotlarni qayta ishlashni tezlashtiradi. Ammo Ramires taʼkidlaganidek, sezilarli farq bor: SPB One ilovasidan farqli oʻlaroq, uning agentligi ilovasi jismoniy shaxslarga Meksika hududidan ariza topshirishga imkon beradi.

Shunga qaramay, immigratsiya boʻyicha mutaxassislar boshpana olish jarayonida ilovalardan foydalanishdan ogohlantirmoqda.

"Joningizni qutqarish uchun ketayotganingizda uchrashuv belgilash xayolga kelmaydi. SPB One ilovasi logistika va gumanitar nosozlik boʻlib, Meksika yoki boshqa mamlakatlar tomonidan takrorlanmasligi kerak", dedi SPB One ilovasidan foydalanishning guvohi boʻlgan Milliy immigratsiya huquqiy markazi prezidenti Kica Matos.

Matosning soʻzlariga koʻra, u oʻz mamlakatlarida xavf-xatardan qochib, Meksikada xavfli sharoitlarda navbatini kutayotgan son-sanoqsiz muhojirlarni uchratgan va ularning koʻpchiligi nosozliklar, qora terisi va til bilmaslik muammolari boʻlganlar uchun yuzni tanib olish texnologiyasidan foydalanishda qiyinchilikka uchramoqda.

Ayni paytda, Mexikoda boshpana soʻrab bergan arizalariga javob kutayotgan muhojirlar soni noaniq boʻlib qolmoqda, deydi yordam guruhlari.

Dunyodagi eng xavfli migrant yoʻllaridan birida mafiya va jinoiy kartel “Amerika orzusi”ga intiluvchilar hisobidan millionlab daromad topadi.

Xose Antonio Silva, Chegara bilmas shifokorlar tashkilotining Mexiko shahridagi migratsiya loyihasi koordinatori, uning tashkiloti hozirda gavjum boshpanalarda yoki koʻchalarda yashovchi odamlarning salomatligi va yashash sharoitlaridan xavotirda ekanini aytdi.

"Koʻpchiligi oʻz resurslariga ega boʻlgan boshpanalar nafaqat odamlarning haddan tashqari koʻpligi muammosiga, balki salomatlik, oziq-ovqat, suv, gigiyena, sanitariya va maʼlumot olish kabi odamlarning turli asosiy ehtiyojlarini qondirish muammosiga ham duch kelmoqda", dedi Silva.

Silvaning soʻzlariga koʻra, toʻlib toshgan boshpanalardagi muhojirlar asosan haitiliklar va venesuelaliklar, undan keyin meksikaliklar va markaziy amerikaliklar boʻlib, ular orasida bir nechta afgʻonlar va angolaliklar ham bor.

Uning kuzatuvlari COMAR maʼlumotlariga mos keladi, bu shuni koʻrsatadiki, yilning birinchi toʻrt oyida Meksikadan boshpana soʻragan eng yaxshi koʻp 5 millat — Haiti, Honduras, Kuba, Venesuela va Salvador boʻlgan.

Muhojirlar, ayniqsa, tovlamachilik, talonchilik, jismoniy va ogʻzaki tajovuz, jinsiy zoʻravonlik va kamsitishlar qarshisida ojiz qolishmoqda. Shuningdek, Silva, muhojirlarning koʻchada uxlashi ularning tahdid va zoʻravonliklarga duch kelish ehtimolini oshirishidan xavotirda.

Ramiresning soʻzlariga koʻra, joriy yilning 1 yanvaridan 18 mayigacha Meksikadan 56 mingdan ortiq odam boshpana soʻragan. Shu surʼatda Ramires uning agentligi yil oxirigacha rekord darajadagi 140 mingta ariza qabul qilishni kutayotganini aytdi.

"Boshpana soʻrash qonuniy huquq boʻlib, u smartfon yoki ilovadan foydalanishga bogʻliq boʻlmasligi kerak. Mamlakatlarimiz XXI asrdagi dunyomiz voqeliklariga mos keladigan adolatli va insonparvar tizimlarni yaratish uchun birgalikda harakat qilishlari lozim”, degan Milliy immigratsiya huquqiy markazi prezidenti Kica Matos.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid