Mashina sotilmayapti, ammo “Oʻzavtosanoat” 40 mingta mashina ishlab chiqargani bilan maqtanyapti
Xalq uni sotib ololmasa, sotuvga qoʻyilmasa, unda mashinalar faqat eksport uchun yoʻnaltirilyapti, degan xulosa paydo boʻladi.

May oyida “Oʻzavtosanoat” AJ bosh tuzilmaviy korxonasi uchun rekord darajadagi avtomobillar ishlab chiqarish bilan yakunlandi, deb maqtangan AJ axborot xizmati.
Ammo barcha mashinalar uchun shartnomalar toʻxtatilgan, avtolar kim uchun chiqarilgani ochiqlanmagan. Aytilishicha, 39 mingdan ziyod mashina ishlab chiqarilgan. Ularning 92 foizi ichki bozorga yoʻnaltirilgan.
Avtomobillar sonini koʻpaytirish maqsadida zavod 24/7 ish rejimiga oʻtkazilgani iddao qilingan. Ammo xalq uni sotib ololmasa, sotuvga qoʻyilmasa, unda mashinalar faqat eksport uchun yoʻnaltirilyapti, degan xulosa paydo boʻladi.