platina.uz
Siyosat

“Islohotlarimiz yoʻlidan hech qachon ortga qaytmaymiz”

“Yangilangan Konstitutsiyamizning chinakam muallifi xalqimiz boʻldi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor” – Prezident.

“Islohotlarimiz yoʻlidan hech qachon ortga qaytmaymiz”

"Konstitutsiyamiz loyihasini muhokama qilishdan boshlab to uni qabul qilguncha boʻlgan davrda oʻtkazilgan umumxalq muhokamalarida millionlab yurtdoshlarimiz faol va munosib ishtirok etdilar.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, yangilangan Konstitutsiyamizning chinakam muallifi xalqimiz boʻldi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor.

Eng muhimi, endi islohotlarimiz yoʻlidan hech qachon ortga qaytmaymiz, “inson – jamiyat – davlat”, degan yangi tizim asosida faqat va faqat oldinga qarab boramiz!”, - dedi davlatimiz rahbari.

Albatta, xalqimizning referendumdagi ovozi, bildirgan yuksak ishonchi katta masʼuliyat yuklashi, el-yurtimizni rozi qilish uchun yangi marralarga undashi, islohotlarni jadal davom ettirishda yanada katta kuch-gʻayrat va ilhom bagʻishlashi taʼkidlandi.

"Oʻzining yuksak fuqarolik burchini chin dildan ado etib, Asosiy qonunimizni qabul qilishda amaliy taklif va tashabbuslari, gʻoya va fikrlari bilan faol ishtirok etgan koʻp millatli, mard va olijanob xalqimizga taʼzim qilaman”, - dedi Prezident ayni paytda boʻlib oʻtayotgan yigʻilishda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid