platina.uz
Jamiyat

Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori hamda tuman tergovchisi firibgarlik va poraxoʻrlikda ayblanmoqda

Bosh prokuratura hozirda mazkur xodimlarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani va tergov harakatlari olib borilayotganini maʼlum qildi.

Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori hamda tuman tergovchisi firibgarlik va poraxoʻrlikda ayblanmoqda

Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori E.A. hamda Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisi A.D.larning jinoiy qilmishlari fosh etilib, ularga nisbatan joriy yil 6 may kuni Jinoyat kodeksining 168 (Firibgarlik) va 28, 211 (Pora berish) moddalar bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Jinoyat ishi boʻyicha gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlandi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

"Tergovga aralashish va toʻsqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi", deyiladi xabarda.

Bosh prokuratura esa prokuratura organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, tizimni nopok xodimlaridan tozalash borasida barcha zarur choralar koʻrilayotganini maʼlum qildi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid