2023 yil 9 iyul kuni muddatidan ilgari prezident saylovi boʻlib oʻtadi — Prezident farmoni
“Muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlash toʻgʻrisida” Prezident farmoni imzolandi.

Farmonda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 110 va 128-moddalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 66-moddasiga asosan, 2023 yil 9 iyul kuniga muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi oʻtkazilishi belgilandi.