Xorazmda 18 yosh qiz oʻzini osib qoʻyganini prokuratura tasdiqladi
Hozirda oʻlim sababini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumanida bugun, 6 may kuni 18 yoshli qizning jasadi topilgan. Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, navbatchilik qismiga soat 12:50 da fuqaro Ch.Q.ning oʻz joniga qasd qilib, vafot etgani haqida xabar kelib tushgan. Hodisa joyi tuman prokurori B.A.Matrasulov rahbarligidagi tergov-tezkor guruhi va sud-tibbiy ekspertlari ishtirokida koʻzdan kechirilgan.
Fuqaro Ch.Q. Xadra qishlogʻi "Nezaxos" mahallasi Ozodlik koʻchasida yashagan. U 2005 yil 4 fevralda tugʻilgan. Hozirda oʻlim sababini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.