Xalqaro olimpiadada 7 nafar oʻzbekistonlik oʻquvchi medalga ega chiqdi
Bugun Qozogʻistonning Ostona shahrida dunyoning 21 davlatidan tashrif buyurgan 113 nafar iqtidorli oʻquvchilar 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida oʻzaro kuch sinashdi. Olimpiada natijasiga koʻra, 7 nafar oʻzbekistonlik oʻquvchi medalga ega chiqdi.

Olimpiadaning yakuniy natijalariga koʻra Oʻzbekiston oʻquvchilari 2 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medalni qoʻlga kiritishdi.
Gʻoliblar bilan tanishing:
1. Nazarov Azizbek - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf oʻquvchisi - oltin medal;
2. Mahmudov Abdulloh - Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 10-sinf oʻquvchisi - oltin medal;
3. Dilmurodov Sohibjon - Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi - kumush medal;
4. Rahimov Daler - Buxoro shahridagi 35-maktabning 9-sinf oʻquvchisi - kumush medal;
5. Karimov Azizbek - Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 11-sinf oʻquvchisi - kumush medal;
6. Hafizov Azizbek - Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi 2-bosqich oʻquvchisi - bronza medal;
7. Hakimova Shahzoda - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf oʻquvchisi - bronza medal.