platina.uz

Meksika orqali AQShga noqonuniy oʻtish toʻxtatiladi

AQSh hukumati 11 maygacha siyosiy boshpana soʻrovchilarning Meksika bilan chegara orqali oʻtishlarini cheklash qoidalarini ishlab chiqmoqda.

Jahon
6-may 2023 yil
Meksika orqali AQShga noqonuniy oʻtish toʻxtatiladi

11 may kuni AQSh rasmiylari Meksika bilan chegarani noqonuniy kesib oʻtgan koʻplab migrantlarning boshpana soʻralgan murojaatlari rad etilishini koʻzda tutuvchi yangi qarorni eʼlon qilishadi. Shu bilan birga, ayni shu kuni butun AQSh chegaralari boʻylab COVID-19 sababli joriy etilgan cheklovlar bekor qilinadi, degan AQSh Ichki xavfsizlik vaziri Alexandro Mayorkas.

Yangi qarorga koʻra, boshqa davlatlar orqali ulardan boshpana soʻramasdan yoki boshqa noqonuniy yoʻllar bilan AQShga kirib kelgan migrantlar Qoʻshma Shtatlardan boshpana soʻrash huquqiga ega boʻlishmaydi.

Bunday qadam AQSh prezidenti Jo Baydenning noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurashish rejasining bir qismi hisoblanadi. Chunki keyingi haftada COVID-19 cheklovlari bekor qilinadi va bu noqonuniy immigratsiyaning keskin oʻsishiga sabab boʻlishi kutilmoqda.

Amerika maʼmuriyati migrantlarni AQShga kirish uchun qonuniy yoʻllardan foydalanishga chaqiradi. Aks holda ular yangi va tezlashtirilgan deportatsiya jarayoniga duch kelishlari mumkin, deya bayonot bergan Mayorkas Texas shtatining Braunsvill shahrida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida.

Mayorkasning soʻzlariga koʻra, Meksika hukumati mamlakat janubidagi xavfsizlikni kuchaytiradi. Joriy haftada AQSh va Meksika oʻrtasida tuzilgan kelishuv shu kabi choralarni koʻzda tutadi. Lekin Meksika Mudofaa vazirligi bu borada biror maʼlumotga ega emasligini bildirdi.

Oxirgi haftada AQSh va MEksika chegarasida migrantlarni qamoqqa olish holatlari koʻpaydi. Mayorkas buni chegarani kesib oʻtayotgan venesuelaliklar koʻpaygani bilan izohladi.

Shuningdek, keyingi haftada Bayden maʼmuriyati “CBP One” mobil ilovasidan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi. Mazkur ilova migrantlarga kirish nuqtasiga borish uchun oldindan uchrashuv belgilash imkoniyatini beradi.

AQSh Bojxona-chegara xizmatining maʼlumotlariga koʻra, 12 maydan boshlab har kuni 1000 migrant uchrashuv belgilay olishi mumkin.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+