Toshkentda yoʻl haqini oshirish yana taklif qilinyapti

Toshkent shahridagi jamoat transportida may oyi oxiridan yangi tariflarni joriy etish taklif qilinmoqda.

Jamiyat
5-may 2023 yil
Toshkentda yoʻl haqini oshirish yana taklif qilinyapti

Avvalroq 1 apreldan oshirish haqida xabar berilgan va tarif takliflari ham eʼlon qilingandi. Oʻsha takliflarda hozircha oʻzgarish yoʻq.

Agar yoʻlovchi naqd pulda toʻlov qilsa, yoʻl haqi 2000 soʻm (hozir 1400 soʻm), elektron toʻlov bilan birinchi safar uchun 1600 soʻm boʻladi. Karta bilan toʻlab, bir soat ichida yana keyingi transportga chiqilsa, ancha kamroq xarajat boʻladi, uchinchi transportga chiqish esa bepul.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+