
Shaxmat boʻyicha jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov AT «Aloqabank» rasmiy ambassadori
AT “Aloqabank” tizimda ishlab chiqarilayotgan innovatsion mahsulotlarni, onlayn va oflayn xizmatlarni, mobil ilovalar orqali mijozlarga yaratilayotgan yengilliklarni, yangi imkoniyatlarni keng ommaga tanishtirish maqsadida taniqli yosh sportchi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi.
Sport, zamonaviy texnologiyalar, innovatsion xizmatlar, yorqin kelajak ushbu tushunchalar AT “Aloqabank” tomonidan boshlangan yangi loyihada birlashdi. Unga koʻra xalqaro toifadagi grossmeyster, tezkor shaxmat boʻyicha jahon chempioni, “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi Nodirbek Abdusattorov endi bankning rasmiy ambassadori sifatida faoliyat yuritadi.
AT “Aloqabank” tizimda ishlab chiqarilayotgan innovatsion mahsulotlarni, onlayn va oflayn xizmatlarni, mobil ilovalar orqali mijozlarga yaratilayotgan yengilliklarni, yangi imkoniyatlarni keng ommaga tanishtirish maqsadida taniqli yosh sportchi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi.
Ikki tomonlama kelishuvga binoan Nodirbek Abdusattorov endilikda mamlakatimiz va xorijda bankning “yuzi” sifatida namoyon boʻlsa, bank shaxmat sport turining yana-da rivojlanishiga koʻmaklashadi.
Joriy yilning 11 mart kuni IT-park binosida AT “Aloqabank” rahbari, bankning yosh xodimlari va xalqaro toifadagi grossmeyster Nodirbek Abdusattorov oʻrtasida tashkil etilgan uchrashuv bu boradagi tadbirlarning debochasi boʻldi.
Reklama