Chilonzordagi bogʻcha rahbari bolalar hayotini xavf ostiga qoʻygani uchun lavozimidan ozod qilindi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri topshirigʻiga asosan taʼlim tashkilotidagi muhit nazoratga olingan, oʻrganish ishlari davom etmoqda.

Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 230-maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori bogʻcha hududiga begona shaxs kirishiga yoʻl qoʻyib, tarbiyalanuvchi bolalar hayotini xavf ostiga qoʻygani, ichki mehnat tartib- qoidalarini buzgani va oʻz xizmat vazifasiga masʼuliyatsizlik bilan yondashgani tufayli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismi 5-bandiga asosan bekor qilindi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri topshirigʻiga asosan taʼlim tashkilotidagi muhit nazoratga olingan, oʻrganish ishlari davom yetmoqda.
Avval xabar qilganimizdek, ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzordagi 230-sonli bolalar bogʻchasida direktorning 15 yoshli (9-sinf) oʻgʻli 6 yosh atrofidagi 4 nafar qizchaga, ular uxlashga yotgan vaqtida tegajogʻlik qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Bosh prokuratura maktabgacha taʼlim tashkilotida sodir boʻlgan ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 119-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganini maʼlum qilgan.