AT “Aloqabank” “Biznesni raqamli transformatsiyalash” mavzusida ilmiy seminarga start berdi
Mazkur loyiha asosida joriy yilning noyabr oyiga qadar seminarlar tashkil etiladi.
Biznes
4-may 2023 yil

AT “Aloqabank” rahbar xodimlari ishtirokida bank va uning mijozlarini raqamli transformatsiyalarga moslashtirish maqsadida “Biznesni raqamli transformatsiyalash” mavzusida seminarga start berildi.
Bundan koʻzlangan asosiy maqsad xodimlarning yagona bir jamoa sifatida raqamli transformatsiyalash jarayonlarida faol ishtirok etishlarini taʼminlash, mijozlar uchun qoʻshimcha raqamli xizmatlar yaratgan holda ular faoliyatini rivojlantirish va bank mijozlari bazasini koʻpaytirishdan iborat.
Mazkur loyiha asosida joriy yilning noyabr oyiga qadar seminarlar tashkil etiladi.
Reklama