Taniqli rassom vafot etdi
U suyak oʻymakorligi bilan shugʻullangan yagona usta boʻlib, suyakdan “Yakkama-yakka”, “Choʻpon”, “Navoiy haykali” va “Paxta raqsi” nomli asarlar yaratgan.
Oʻzbekiston xalq rassomi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining faxriy aʼzosi, yogʻoch oʻymakor usta Ortiq Fayzullayev 90 yoshda vafot etdi.
Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, yogʻoch oʻymakor usta Ortiq Fayzullanv ijodiy faoliyati davomida yaratgan sanʼat asarlari bilan koʻplab badiiy koʻrgazmalarda qatnashgan.
Marhum koʻplab shogirdlarga ustozlik qilgan. Shogirdlari davlat mukofotlari va tanlovlar gʻolibiga aylanishgan.
Ortiq Fayzullayev suyak oʻymakorligi bilan shugʻullangan yagona usta boʻlib, suyakdan “Yakkama-yakka”, “Choʻpon”, “Navoiy haykali” va “Paxta raqsi” nomli asarlar yaratgan.