platina.uz
Sport

Oʻzbekiston alamli tarzda magʻlub boʻldi

Oʻzbekiston - Isroil oʻrtasidagi juda ogʻir oʻyinda gʻolibni aniqlash uchun 90 daqiqa kamlik qildi.

Oʻzbekiston alamli tarzda magʻlub boʻldi

Argentinada oʻtayotgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati nimchorak final oʻyinida Oʻzbekiston termasi chorak finalga chiqa olmadi.

Oʻzbekiston - Isroil oʻrtasidagi juda ogʻir oʻyinda gʻolibni aniqlash uchun 90 daqiqa kamlik qildi. Har ikkala terma jamoa oʻz darvozalarini qattiq qoʻriqlashdi.

Qoʻshib berilgan 8 daqiqaning 7-daqiqasida isroilliklar standart vaziyatdan unumli foydalanib, gʻalabani ilib ketishdi.

Boshqa bir oʻyinda esa AQSh termasi Yangi Zelandiyani 4:0 hisobida tor-mor etdi. Oʻzbekiston va uning guruhdoshlari musobaqani tark etadigan boʻldi. Qolgan oʻyinlar bugun va ertaga boʻlib oʻtadi.

JCh-U20, nimchorak final

AQSh - Yangi Zelandiya 4:0
Gollar: Vulf 14, Kauell 61, Che 75, Pukshtash 82

Oʻzbekiston - Isroil 0:1
Gol: Xalayli 90+7

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid