platina.uz

Jizzaxdagi bogʻchada aynigan goʻsht aniqlandi

Viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi ushbu voqeaga munosabat bildirdi.

Jamiyat
31-may 2023 yil
Jizzaxdagi bogʻchada aynigan goʻsht aniqlandi

Jizzaxdagi bogʻchada sifatsiz goʻsht borligi maʼlum boʻldi. Shu kuni muzlatgichdagi goʻsht tadbirkorga qaytarilgan va taom uchun foydalanilmagan.

Aniqlanishicha, ushbu holat 16-18 may kunlari viloyat hududiy birlashmasi tomonidan Mirzachoʻl tumani MMTB tasarrufidagi 15-con DMTT jamoatchilik tomonidan kuzatilgan.

Shu kuni tashkilot muzlatkichidagi goʻsht yaroqsiz deb taxmin qilingan va mahsulotdan sinama olinib, Jizzax shahriga sifatini tekshirish maqsadida olib kelingan.

"Bolalar salomatligida hech qanday oʻzgarish kuzatilmagan", deyiladi munosabatda.

Holat yuzasidan tashkilotga goʻsht mahsulotini yetkazib beruvchi tadbirkor bilan tuzilgan shartnoma bekor qilingan.

Faoliyatiga loqaydlik bilan yondashgan tashkilot rahbariga esa intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+