Indoneziyada narkobaron oʻzbeklar hibsga olindi
Qoʻlga olinganlardan giyohvand moddalardan tashqari 3 ta pnevmatik toʻpponcha ham topilgan.
Jamiyat
31-may 2023 yil
Indoneziyaning Bali politsiyasi giyohvand moddalar savdosi bilan shugʻullanayotgan 7 kishini hibsga oldi.
Maʼlum qilinishicha, qoʻlga olinganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari ham borligi aytilmoqda.
"Bizda jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan 7 kishi bor. Ulardan 3 tasi rossiyalik. Bundan tashqari, jinoiy guruhda Oʻzbekiston fuqarolari ham ishtirok etgan, – deyiladi xabarda.
Aniqlanishicha, oʻzbekistonlik M.A va Yo.O Indoneziyaning Badung okrugida hibsga olingan.
Qayd etilishicha, qoʻlga olinganlardan giyohvand moddalardan tashqari 3 ta pnevmatik toʻpponcha ham topilgan.