Curxondaryoda yirik savdo doʻkoni yonib ketdi
Voqea 31 may kuni soat 05:11 da sodir boʻlgan.
Jamiyat
31-may 2023 yil

31 may kuni soat 05:11 da Shoʻrchi tumani “Bobotogʻ” mahallasi Mustaqillik koʻchasida joylashgan ikki qavatli aralash mollar savdo doʻkonida yongʻin chiqqan.
Viloyat hokimligi xabar berishicha, binoning 82 kv. shift qismi yongan. Yongʻin deyarli bir yarim soatda batamom oʻchirilgan.
Yongʻin oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.
Hozirda yongʻin kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.