platina.uz
Jamiyat

Platina.uz tanqididan soʻng: vazirlikka taqdimnoma kiritildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va nihoyat ushbu holatni oʻrganib chiqqan va vazir tadbirkorlik bilan shugʻullanishi mumkin emasligini aytgan.

Platina.uz tanqididan soʻng: vazirlikka taqdimnoma kiritildi

Platina.uz Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekovning “Koba sanʼat majmuasi” MChJning taʼsischisi ekani haqida yozgach, bu rasman tasdiqlangan va vazirlikka taqdimnoma kiritilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va nihoyat ushbu holatni oʻrganib chiqqan va vazir tadbirkorlik bilan shugʻullanishi mumkin emasligini aytgan. Avvalroq soʻrovimizga javob berganda hatto vazir ismini aytishni ham istamagandi.

Oʻrganish mobaynida haqiqatdan ham O.Nazarbekovning 2016 yil 16 martda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Koba sanʼat majmuasi” MChJda 100 foizlik ulush bilan taʼsischi ekani aniqlangan.

Agentlikning tan olishicha, yuqoridagi qonunchilikka nomuvofiqlik bartaraf etilib, “Koba sanʼat majmuasi” MChJ taʼsischisi oʻzgartirilgan va MChJ vazirning oʻgʻli nomiga oʻtkazib berilgan.

1 iyun kuni Senatda muhokama qilinadigan “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi qonunda aynan amaldorlarning oʻgʻillari va boshqa qarindoshlari ham tadbirkorlik bilan shugʻullana olishiga yanada aniqlik kiritiladi.

Aytilishicha, bugun, 30 may kuni Madaniyat va turizm vazirligiga kelgusida “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonun va boshqa qonunosti hujjatlariga qatʼiy rioya qilinishi hamda vazirlik faoliyatida ochiqlik va shaffoflik, raqobat va xolislik hamda korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik prinsiplariga rioya qilinishini taʼminlash choralarini koʻrish yuzasidan taqdimnoma kiritilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid