Oʻzbekiston energetika vaziri “Gazprom” bilan yana Rossiyada uchrashdi
Yanvar oyida ham oʻzbekistonlik vazir Sankt-Peterburgga borib, “Gazprom” rahbari bilan uchrashgan edi.
Jamiyat
30-may 2023 yil
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Oʻzbekiston energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov va “Gazprom” OAJ boshqaruvi raisi Aleksey Miller oʻrtasida amaliy uchrashuv boʻlib oʻtgan.
Aytilishicha, tomonlar hamkorlikning borishi va istiqbollari, jumladan, Rossiya gazini Oʻzbekistonga yetkazib berish masalasini muhokama qilgan.
Eslatib oʻtish kerak, yanvar oyida ham oʻzbekistonlik vazir Sankt-Peterburgga borib, “Gazprom” rahbari uchrashgan va oʻshanda “yoʻl xaritasi” imzolangan edi. Bu haqda oʻzbek tomoni rasman xabar bermagan, OAVda shov-shuv boʻlgach, izoh bilan qutulgan.