Maktabga qayiqda qatnagan qiz taqdiri nima boʻldi?
Guliston tumanidan Bekobod tumaniga Sirdaryo daryosidan qayiqda suzib, maktabga borib kelayotgan qizaloq esingizdami? Uning taqdiriga oid yangi maʼlumotlar berildi.
Guliston tumanidan Bekobod tumaniga Sirdaryo daryosidan qayiqda suzib, maktabga borib kelayotgan qizaloq esingizdami? Uning taqdiriga oid yangi maʼlumotlar berildi.
Toshkent viloyati Bekobod tumanida yashovchi Zamira Toʻychiyeva eng yaqin maktab 30-40 km. uzoqlikda joylashgani uchun Sirdaryo viloyati Guliston tumanida yashovchi qarindoshlarinikida yashab, shu yerdagi maktabga qatnar edi. Yaʼni dushanba daryoni kechib, Bekoboddan Sirdaryoga oʻtadi va shanba kuni yana qayiqda uyiga qaytardi.
Sirdaryo viloyati hokimi oʻsha paytda qizaloqqa noutbuk va kitoblar sovgʻa qilgan, daryodan oʻtishi xavfsiz oʻtishi uchun daryoga tross sim tortishni ham aytgan edi.
Sirdaryo viloyati hokimligi xabariga koʻra, qizaloq yangi oʻquv yilidan boshlab Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida akademik eshkak eshish yoʻnalishida oʻqishni davom ettiradi.
Aytilishicha, markazda u yotoqxona va 4 mahal bepul ovqat bilan taʼminlanadi. Shuningdek, boʻsh vaqtlarida unga "Yoshlar markazi"da dasturlash hamda IT-sohasini oʻrganishi uchun sharoit yaratib beriladi.