“Tashabbusli byudjet”ning hududlar reytingi maʼlum boʻldi: “yashil“, “sariq” va “qizil”likda kim yetakchi?
“Tashabbusli byudjet” loyihasining shu yil 1-mavsumi koʻrsatkichlari boʻyicha bajarilayotgan ishlar hududlar kesimida baholanib, tuman va shaharlar reytingi shakllantirildi.

Oʻzbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan “Tashabbusli byudjet” loyihasining shu yil 1-mavsumi koʻrsatkichlari boʻyicha bajarilayotgan ishlar hududlar kesimida baholanib, tuman va shaharlar reytingi shakllantirildi.
Reyting natijalariga koʻra, 60 ta tuman va shaharlar 71 dan 100 gacha ball toʻplab “yashil hudud” deb topildi. Shuningdek, 94 ta tuman va shaharlar 55 dan 71 gacha ball toʻplab “sariq hudud”, 54 ta tuman va shaharlar esa 55 dan past ball toʻplagan holda “qizil hudud” deb topildi.