Qashqadaryoda yonib ketgan mashinadan 23 yoshli bolaning jasadi topilgani aytilmoqda
Qarshi tumanida "Vaz-2106" mashinasi yonib ketdi. Tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda esa mashinaning haydovchi oʻrindigʻida 23 yoshli yigitning jasadi borligi aytilmoqda. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi tumani hududidan oqib oʻtuvchi qismida kanal chetidagi yoʻlning oldida “Vaz-2106” rusumli avtomashina yonib ketganligini, avtomashina ichidagi haydovchi oʻrindigʻida inson jasadi borligini haqidagi xabarlar tarqalgan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Marhumning oʻlimi sabablarini aniqlash boʻyicha tegishli ekspertizalar tayinlangan.
Jinoyat ishi tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.