platina.uz

Bugun Abdusattorov Norvegiyadagi superturnirdagi ishtirokini boshlaydi

Cuperturnirning umumiy sovrin jamgʻarmasi qariyb 225 ming AQSh dollarini tashkil etadi.

Sport
29-may 2023 yil
Bugun Abdusattorov Norvegiyadagi superturnirdagi ishtirokini boshlaydi

Bugun Norvegiyaning Stavanger shahrida shaxmat boʻyicha nufuzli "Norway Chess" turniri boshlanadi.

Bugun musobaqa doirasida blits bahslari oʻtkaziladi. Unda barcha 9 ta tur oʻyinlari tashkil etiladi. Ertadan boshlab esa klassik bahslar boshlanadi.

Superturnirda oʻzbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etadi. Shuningdek, musobaqada Magnus Karlsen (Norvegiya), Alirizo Firudja (Fransiya), Xikaru Nakamura (AQSh), Anish Giri (Niderlandiya), Uesli So (AQSh), Fabiano Karuana (AQSh) va boshqa shaxmatchilar ham ishtirok etadi.

Mukofot jamgʻarmasi 2 500 000 norvegiya kronasini (taxminan 225 ming AQSh dollari) tashkil etadi. Gʻolib shaxmatchi 7 50 000 norvegiya kronasini (taxminan 67,5 ming AQSh dollari) qoʻlga kiritadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+