Oʻzbekiston keyingi bosqichga chiqdi
Uchrashuvda ilk bor asosiy tarkibda tushirilgan Shahzod Neʼmatjonov qahramonga aylandi.

Argentinada oʻtkazilayotgan U20 jahon chempionatidan oʻrin olgan Oʻzbekiston va Gvatemala oʻrtasidagi bahsda hamyurtlarimiz gʻalaba qozondi va keyingi bosqichga chiqdi.
Uchrashuvda ilk bor asosiy tarkibda tushirilgan Shahzod Neʼmatjonov qahramonga aylandi va ikkita gol urdi.
Oʻzbekiston — Gvatemala 2:0
Gollar: Shahzod Neʼmatjonov 9, 21
Guruhdagi ikkinchi oʻyinda Argentina Yangi Zelandiyani yirik hisobda magʻlub etdi: 5:0.
Yoshlarimiz jahon chempionatining nimchorak finalida «C» guruhida 2-oʻrinni band etgan jamoa bilan bahs olib boradi. Raqib bugun aniqlanadi. U yo Yaponiya, yo Isroil boʻlishi mumkin.