Nodirbek Abdusattorov xalqaro onlayn turnir gʻolibiga aylandi
Shuningdek, Abdusattorov turnir gʻolibi sifatida 30 ming dollar pul mukofotiga ega boʻldi.
Sport
27-may 2023 yil

Nodirbek Abdusattorov xalqaro "ChessKid" onlayn turnirida gʻolib boʻldi.
Abdusattorov grand finalda amerikalik grossmeyster Fabiano Karuanani 2,5:1,5 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.
Shu tariqa, u gʻolib boʻlgani sabab 30 ming dollar pul mukofotini qoʻlga kiritdi.