Buxoroda dollarga “prava” sotmoqchi boʻlishdi
Tezkor tadbirda Buxoro shahar Mohi-xosa koʻchasida joylashgan tibbiyot muassasasi oldida ushbu shaxs pullarni olgan vaqtida ushlangan.
Peshku tumani Avtomotohavaskorlar NTM shuʼba korxonasi boshligʻi Oʻzbek mahallasida yashovchi fuqaroni aldab, uning tanishiga “B” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun oʻtkaziladigan test imtihonlaridan vakolatli tanishlari orqali oʻtkazib berishni vaʼda bergan.
Ichki ishlar vazirligi xabariga koʻra, u buning evaziga 300 dollar soʻragan. 16 may kuni oʻtkazilgan tezkor tadbirda Buxoro shahar Mohi-xosa koʻchasida joylashgan tibbiyot muassasasi oldida ushbu shaxs pullarni olgan vaqtida ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.