Toshkentning transport bosh rejasi maʼlum qilindi
Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumanida “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi 7-avtobus saroyini borib koʻrdi.

Prezidentga Toshkent shahrining yangilangan Transport bosh rejasi boʻyicha ham axborot berilgan.
Unga koʻra, shaharning kengayishi va yoʻlovchilar oqimi tahlili asosida, 167 ta yoʻnalishdan iborat tarzda ishlab chiqilgan. Shundan 17 tasida kunlik reja belgilash tartibi bekor qilinib, bosib oʻtilgan masofaga qarab hisob-kitob tizimiga oʻtilgan. Iyun-iyul oylarida qolgan 150 ta yoʻnalish ham tender savdolari orqali shunday tizimga oʻtkaziladi.
Avval xabar berganimizdek, Shavkat Mirziyoyev bugun Chilonzor tumaniga borgan va “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi 7-avtobus saroyini borib koʻrgan.
Davlat rahbari avtobuslarga sifatli servisni yoʻlga qoʻyish, yoʻlkira toʻlovi tizimini tartibga solish, harakat nazoratini raqamlashtirish, bekatlarda sharoitlarni yaxshilash boʻyicha koʻrsatmalar bergan.
Shuningdek, prezident Chilonzor sanoat zonasidagi korxonalar faoliyati bilan ham tanishgan.
— Chilonzor tumanida juda katta infratuzilma, boʻsh turgan binolar, kafolatlangan energiya resurlari bor. Faqat tadbirkorlarga mablagʻ berib, xorijiy texnologiyalar olib kelib, Chilonzorni industriya xabiga aylantirish kerak, — degan u.