Shavkat Mirziyoyev Chilonzorni aylanadi
Davlat rahbari soʻnggi marta Toshkent shahrining Shayxontohur tumaniga borgan edi.

Bugun Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Chilonzor tumaniga tashrif buyuradi.
Prezident matbuot xizmatiga koʻra, u sanoatda va jamoat transporti sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar, mahallalardagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi.
Eslatib oʻtamiz, davlat rahbari soʻnggi marta Toshkent shahrining Shayxontohur tumaniga borgan edi.