platina.uz

Vazirlik va idoralarda hujjat aylanishining yagona tizimi joriy etiladi

“Maʼmuriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Jamiyat
25-may 2023 yil
Vazirlik va idoralarda hujjat aylanishining yagona tizimi joriy etiladi

Farmonga koʻra, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali raqamli xizmatlar va servislar koʻrsatish hamda ularning natijasini olishning yagona nuqtasi hisoblanadi.

Yagona portal orqali koʻrsatiladigan xizmatlardan foydalanish bosqichlari “3 qadam” tamoyili asosida maqbullashtiriladi.

2023 yil 1 dekabrgacha fuqarolar raqamli xizmatlardan mustaqil foydalanishlari uchun davlat xizmatlari markazlarida birinchi bosqichda 14 ta “Raqamli xizmat nuqta”lari tashkil etiladi.

2024 yil 1 yanvargacha raqamli xizmat va servislar, elektron toʻlovlar, media resurslar imkoniyatini birlashtirishni nazarda tutuvchi Yagona portal orqali xizmatlarni taqdim etishning yangi dasturiy taʼminot shakli joriy etiladi.

2023 yil 1 sentabrdan ijro etuvchi hokimiyatning markaziy apparatlari “edo.ijro.uz” tizimiga oʻtkaziladi.

2024 yil 1 maydan ijro etuvchi hokimiyatning hududiy boʻlinmalari va ular tasarrufidagi tashkilotlar “edo.ijro.uz” tizimiga toʻliq oʻtkaziladi.

2023 yil 1 avgustdan davlat organlarida raqamli texnologiyalarni joriy etishga doir loyihalarni amalga oshirish hisobiga iqtisod qilingan mablagʻlarning 50 foizi kelgusi moliya yilida mazkur davlat organlari faoliyatida raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.

Shuningdek, 2023 yilda mobil internet foydalanuvchilari sonini oshirish choralari koʻriladi. Bunda ular sonini 31,5 mln nafarga yetkazish nazarda tutilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+