Toshkentda 21 yoshli uka akasini pichoqlab oʻldirdi
Voqeaga oʻzaro kelib chiqqan janjal sabab boʻlgan. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani maʼlum qilindi.

Joriy yilning 24 may kuni soat taxminan 00:30 atrofida 18.06.2002 tugʻilgan O.Sh. Mirobod tumanida joylashgan “Oybek” metro bekati atrofida boʻla turib, oʻzaro kelib chiqqan janjal natijasida akasi 13.04.1998 yilda tugʻilgan O.L.ning koʻkrak qafasi oldi qismiga oʻtkir tigʻli pichoq bilan bir marotaba urib qasddan oʻldirib, voqea joyidan yashiringan. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Xayot Shamsutdinov maʼlum qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, marhumning jasadini uning katta akasi A. ismli shaxs shifoxonaga olib kelgan.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tuman prokuraturasi tomonidan 2023 yil 24 may kuni JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Gumonlanuvchi ushlangan.