platina.uz
Sport

Oʻzbekiston yoshlari 2-turda durang oʻynadi

Endi oʻzbekistonliklarning musobaqada faoliyatini davom ettirishi soʻroq ostida turibdi.

Oʻzbekiston yoshlari 2-turda durang oʻynadi

Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida durang oʻynadi. 1-turda Argentinaga yutqazgan edi.

Yangi Zelandiyaga qarshi kechgan oʻyinda Ravshan Haydarov shogirdlariga hujumkorlik va jurʼat yetishmadi. Avvaliga ikkita gol oʻtkazib yuborgan boʻlsa-da, keyinchalik 2 ta gol bilan javob qaytarishdi.

JCh U20, guruh bosqichi, 2-tur

Oʻzbekiston - Yangi Zelandiya 2:2
Gollar: Abbosbek Fayzullayev 51, Sherzod Esanov 90+3 - Benjamin Uollas 23, Jey Xerdman 41

Endi oʻzbekistonliklar musobaqada faoliyatini davom ettirishi hozircha soʻroq ostida turibdi. Endi ular 3-turda Gvatemalaga qarshi oʻyinda gʻalaba qozonib, yaxshi natija koʻrsatishi kerak.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid