platina.uz

Nodirbek Abdusattorov onlayn turnirning finaliga yoʻl oldi

"ChessKid" turnirining umumiy sovrin jamgʻarmasi 2 million dollarni tashkil etadi.

Sport
24-may 2023 yil
Nodirbek Abdusattorov onlayn turnirning finaliga yoʻl oldi

Oʻzbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov "ChessKid" onlayn turnirida ishtirok etmoqda.

Turnir yarim finalida Abdusattorov amerikalik Fabiano Karuanani 2,5 : 1,5 hisoblarida magʻlub etdi va finalga yoʻl oldi.

Endi finalda Nodirbekka niderlandiyalik Yorden van Forest raqiblik qiladi.

Maʼlumot uchun, "Tata Steel Chess 2023" turnirida Nodirbek Abdusattorovni aynan Yorden van Forest magʻlub etgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+