Dunyoning eng badavlat odami bir kunda 11 mlrd dollar yoʻqotdi
LVMH guruhi egasi Bernard Arnoning boyligi kompaniya aksiyalarining tushib ketishi fonida bir kunda 11,2 milliard dollarga kamaydi.

Bloomberg agentligi xabar berishicha, 23 may kuni Parijning Euronext birjasidagi savdolar chogʻida LVMH aksiyalari 5 foizga arzonlashgan.
Natijada Arno aksiyalarning pasayishi sababli 11,2 mlrd dollar pul yoʻqotdi. Shunga qaramay, u 191,6 mlrd bilan dunyoning eng badavlat kishi boʻlib turibdi. Undan keyingi oʻrinni esa biznesmen Ilon Mask zabt etgan.
Maʼlum boʻlishicha, Arnoning yil davomida boyligi 53 mlrd dollarga koʻpaygan. Aprel oyida LVMH kapitallashuvi 500 milliard dollardan ortiq boʻlgan Yevropadagi birinchi kompaniyaga aylandi.