Oʻzbekistonning 4 oyda tashqi savdo aylanmasi qanchaga yetgani maʼlum qilindi
2023 yilning yanvar-aprel oylarida jahonning 176 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.
Siyosat
20-may 2023 yil
Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023 yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 19,6 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 2,3 mlrd AQSh dollariga yoki 13,4 foizga oshgan.
Ushbu davrda Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida eksport 7,7 mlrd AQSh dollari va import 11,9 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan.
Oʻzbekiston 2023 yilning yanvar-aprel oylarida jahonning 176 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.