Qashqadaryoda sobiq MIB xodimi pichoqlandi
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlarini olib borilmoqda.

Qashqadaryoda sobiq MIB xodimi pichoqlandi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.
26 aprel kuni Qarshi shahrida yashovchi fuqaro X.B. tanish ayolning uyiga borganida u yerda tanishi O.T. (sobiq MIB xodimi) ni koʻrib, janjallashgan va oshxonadan pichoqni olib kelib, ularga turli darajadagi tan jarohatlari yetkazgan.
Natijada jablanuvchilar shifoxonaga tushgan.
Shuningdek, X.B. yuqoridagi ayol bilan qonuniy nikohdan oʻtmagan holda doimiy ravishda jismoniy va ruhiy tazʼyiq oʻtkazib, uni qiynab kelganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan 01.05.2023 yilda X.Bga nisbatan JKning 109, 110 va 112-moddalar bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlarini olib borilmoqda.