Nemis avtomobil ishlab chiqaruvchilari Brexit'dan soʻng qoidalarni kechiktirishga chaqirmoqda
Germaniyaning qudrali avtosanoat assotsiatsiyasi Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyani Brexit'dan soʻng kiritiladigan qoidalarni kechiktirib turishni soʻramoqda. Assotsiatsiya vakillarining aytishicha, yangi qoidalar elektromobillarga oʻtishga toʻsqinlik qiladi.
Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqish chogʻida tuzilgan savdo bitimiga muvofiq, 2024 yildan boshlab, ortiqcha tarifdan qochish maqsadida, Yevropa Ittifoqida sotiladigan elektr avtomobil qiymatining 45 foizi Buyuk Britaniyadan yoki YeIdan kelishi lozim.
Muammo shundaki, akkumulyator batareyasining qiymati elektromobil qiymatining yarmini tashkil etishi mumkin, Yevropa esa hali oʻzining yetarlicha rivojlangan akkumulyator ishlab chiqarish sanoatiga ega emas. Bunday sanoat 2023 yil oxirigacha shakllanishi ham ehtimoldan uzoq, deyiladi VDA assotsiatsiyasining bayonotida.
Buyuk Britaniyaga eksport va undan import tariflari boʻyicha Yevropa avtomobil sanoati uning osiyodagi raqobatchilari bilan solishtirganda magʻlub boʻlishi tayin. Bu, shuningdek, elektron mobillik taraqqiyoti uchun xavf tugʻdiradi. Yaʼni Yevropa Ittifoqiga mashina yetkazish hamda akkumulyatorlar ishlab chiqarish zanjiriga putur yetkazib, Yevropaning kelajakda ishlab chiqarish maydonchasi sifatida orqada qolishiga olib keladi.
"Bu transformatsiyani sekinlashtiradi", — deya bayonot bergan lobbi guruhi.
Avvalroq avtomobil ishlab chiqaruvchi yana bir komrpaniya Stellantis (STLAM.MI) agar mazkur muammo hal etilmasa, Britaniya avtomobil zavodlari yopilib, minglab ish oʻrinlari yoʻqolishiga olib keladi.
Chorshanba kuni Buyuk Britaniya Bryussel bilan muzokaralar olib borishini eʼlon qilgan qilgan edi.
"Bu masala boʻyicha Yevropa Ittiofoqi bilan kelishuvga erishamiz, degan umiddamiz", — degan chorshanba jurnalistlarga Buyuk Britaniya bosh vazirining matbuot kotibi Rishi Sunak.