Toshkentga byudjetdan 60 mlrd soʻmdan ortiq pul ajratildi

Toshkent shahar mahalliy byudjetining 2023 yil davomida shakllangan qoʻshimcha manbalari hisobidan quyidagi yoʻnalishlarga jami salkam 62 mlrd. soʻm pul ajratildi.

Jamiyat
18-may 2023 yil
Toshkentga byudjetdan 60 mlrd soʻmdan ortiq pul ajratildi

Yashnobod tumani Mahtumquli koʻchasida yogʻingarchilik mavsumida suv toʻplanishi va toshishi bilan bogʻliq boʻlgan holatlarni bartaraf etish maqsadida diametri 1200 mm boʻlgan 1700 p/M uzunlikdagi temir-beton quvurlar asosida yangi yopiq kollektor tarmogʻi qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun 14 milliard soʻm;

Tashabbusli byudjet jarayoni 2022 yil 2 mavsumi doirasida Sogʻliqni saqlash muassasalarini tibbiyot jihozlari bilan jihozlash yuzasidan kelib tushgan va gʻolib boʻlmagan jami 28 ta loyiha uchun 15,7 milliard soʻm;

Toshkent shahar segmentiga tegishli boʻlgan arxiv hujjatlarini tartibga keltirish, ilmiy-texnik ishlov berish, tozalash va saqlov jarayonlariga joylashtirish xarajatlarini qoplash maqsadida jami 749,6 million soʻm;

Toshkent shahar gidrometeorologiya boshqarmasiga 1 dona avtotransport xarid qilish uchun 220 million soʻm;

Sergeli tumanidagi Sergeli mavzesini aylanib oʻtadigan Toshkent halqa aylanma yoʻligacha boʻlgan ikki qatorli yoʻlni toʻrt qatorli yoʻlga oʻtkazib, uzunligi 10,8 km masofadagi Qipchoq koʻchasini qurish va rekonstruksiya qilish uchun 9,8 milliard soʻm;

Olmazor tumanidagi 181-bogʻcha binosini mukammal taʼmirlash boʻyicha obʼektning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun 270 million soʻm;

Sergeli tumani Yuqori Darxon mahallasida 180 oʻrinli 54-bogʻchaga yangi bino qurish boʻyicha obʼektning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun 133 million soʻm;

  • “Bolalarni sogʻlomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga koʻmaklashish jamgʻarmasi”ga 14,1 milliard soʻm;
  • “Raqamli rivojlanish departamenti” MChJ va uning huzuridagi “Raqamli poytaxt” axborot tahlil markazini 2023 yilda saqlash bilan bogʻliq (ish haqi va boshqa) xarajatlari uchun 5 milliard soʻm.
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+