platina.uz
Jahon

Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi ozodlikdan mahrum etildi

Parij apellyatsiya sudi Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozini “korrupsiya va hokimiyatni pul evaziga suiisteʼmol qilish” ishi yuzasidan bir yilga ozodlikdan mahrum qildi. The Guardian nashri shu haqda xabar bergan.

Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi ozodlikdan mahrum etildi

Sud sobiq prezidentning apellyatsion shikoyatini qondirmadi va avval unga nisbatan chiqarilgan hukmni oʻz kuchida qoldirdi.

Sarkozi jazo muddatini qamoq binosida hibsda emas, uyda elektron bilaguzuk taqqan holda oʻtaydi.

Bu elektron qurilma sobiq prezidentning uyi va maʼlum radiusdan tashqariga chiqa olmasligini nazorat qiladi.

Dastlab Sarkozi 2021 yilda sudyaga oʻzi qatnashgan ish yuzasidan maʼlumot berishini soʻrab, pora taklif qilgani uchun jazoga tortilgan edi.

Taʼkidlash kerak, Fransiya tarixida ilk marta sobiq prezident korrupsiya uchun qamoq jazosiga hukm qilindi. Sarkozi hukm yuzasidan shikoyat kiritgan.

Fransiya respublikasini 2007 yildan 2012 yilgacha boshqargan va hamon obroʻli shaxs hisoblanuvchi 68 yoshli Sarkozi oʻzining aybdorligini tan olmay keladi.

Uning advokatlari bu qaror ustidan Fransiya oliy sudiga shikoyat kiritishlarini aytgan.

– Nikolya Sarkozi aybsiz, — degan jurnalistlarga uning advokati Jaklin Laffon. – Biz oxirigacha shu qarorda turamiz. Biz hozir yoʻlning boshidamiz.

Aslida Sarkozi uch yil qamoq jazosiga hukm qilingan boʻlib, ikki yili shartli va bir yili elektron bilaguzuk taqqan holda uy qamogʻi shaklida boʻlishi kerak edi.

Sarkozi, shuningdek, uch yil muddatga davlat lavozimlarini egallash huquqidan ham mahrum qilingan.

Agar Sarkozi rostdan ham Fransiya oliy sud instansiyasida, kassatsion sudga bu hukm ustidan shikoyat kiritsa, toki mazkur sud tegishli qaror chiqarmagunicha har qanday ehtimoliy jazo ijro etilmay turadi.

Jinoyat ishi goʻyo Sarkozi va uning advokati Terri Ersogning sudda Sarkozining ishi oʻrganilish holati haqida maʼlumot olish borasida “korrupsion kelishuv” taxmini atrofida qurilgan.

Tergovchilarning aniqlashicha, Sarkozida ikki rasmiy telefonidan tashqari, 2014 yilda “Pol Bismut” nomiga roʻyxatdan oʻtkazilgan uchinchi maxfiy mobil telefoni boʻlgan.

Sarkozi bu telefon vositasida advokati Ersog bilan gaplashgan, chunki oʻzining nomidagi telefonlarini xufyona eshitishlari mumkinligidan qoʻrqqan.

Bu telefonlardagi suhbatlarni tinglash 2021 yilda korrupsiya haqida hukm chiqarilishiga sabab boʻlgan.

Oʻtgan yili dekabr oyida oʻtkazilgan dastlabki sud eshituvlarida Sarkozi “hech kimni hech qachon “sotib” olmaganini aytgan.

Bu sud majlisi Sarkozi mansabidan ketganidan beri toʻxtamayotgan koʻp sonli sudlovlardan biri hisoblanadi.

Avval uni Bygmalion deb nomlangan ish boʻyicha qayta sud qilishgan edi. Bu hukm boʻyicha uni 1 yilga ozodlikdan mahrum etishgan.

Bu ishga koʻra, Sarkozining 2012 yildagi saylovoldi kampaniyasi uchun limitdan ortiqcha pul sarflangan va xizmat koʻrsatgan firma sifatida Bygmalion piar kompaniyasidan qalbaki cheklar taqdim etilgan. Sarkozi bu holda ham aybini tan olmagan.

Oʻtgan haftada esa Fransiya prokuraturasi Sarkozini 2007 yildagi saylovoldi kampaniyasi Liviya prezidenti Muammar Qaddofiy tomonidan moliyalashtirilgani haqidagi gumonlar yuzasidan sudga tortishni talab qilgan.

Moliyaviy jinoyatlar boʻyicha prokuraturaning maʼlum qilishicha, Sarkozi va uning odamlari Qaddofiydan saylovoldi kampaniyasi uchun millionlab yevro talab qilishgan. Sarkozi bu ayblovlarni ham rad etgan.

Doimiy huquqiy muammolariga qaramasdan, Nikolya Sarkozi Fransiya siyosatida hamon obroʻli shaxs boʻlib qolmoqda va amaldagi prezident Emmanuel Makron bilan muntazam muloqot qilib turadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid